Bugun, 2022 yil 4 may kuni Jizzax viloyatining tog` va tog`oldi hududlarida kuchli yog`ingarchilik oqibatida sel oqimlari kuzatilgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmatining xabar bermokda.
Hodisa joylarida FVV qutqaruvchilari hodisa joyida ish olib bormoqda.
Jumladan, Zomin tumanining tog`li hududlarida kuzatilgan kuchli yog`ingarchilik natijasida tumanning “Pishog`ar”, “Achchi” va “Sho`rcha” qishloqlaridan o`tgan soylardan sel suvlarining oqishi kuzatilmoqda.
Hodisa natijasida sel suvlari “Jizzax - Zomin” avtomobil yo`li ostida o`rnatilgan quvurlarga sig`masdan, ushbu yo`lning 25, 26, 27-kilometrlari ustidan toshib o`tgan.
Xabarda ma`lum qilinishicha, “Pishog`ar” QFY Qong`li qishlog`ida yashovchi, 20 yoshli E.N. suvda oqib ketayotganda FVV xodimlari qutqarib qolgan. Hozirda ushbu fuqaroning ahvoli yaxshi, tan jarohati olmagan.
Shuningdek, sel oqimi natijasida aholi tomorqalari, hovlilari va ichki ko`chalarda suv toshishi holatlari kuzatilgan.
Qayd etilishicha, sel toshgan joylarda viloyat FVB rahbariyati boshchiligida qutqaruvchilar ish olib bormoqda. Yo`llarda xavfsizlik YHX xizmati tomonidan nazoratga olingan.






