AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida sug`oriladigan erlar talon-taroj qilindi — Bosh prokuratura

'Toshkent viloyatida sug`oriladigan erlar talon-taroj qilindi — Bosh prokuratura'ning rasmi

Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan Qibray tumanida  er qonunchiligiga rioya etilishi o`rganilganda quyidagi qonunbuzarlik holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma`lum qildi. 

Jumladan, “S. I.” MChJ va “D.M.” XK norasmiy rahbari B.I. va raxbari F.K. tomonidan “S. I.” MChJ balansidagi Qibray tumani, Salar massivi, Bobur MFY hududida 66,02 ball bonitetli 1,0 gektar er uchastkasidagi issiqxonani qayta rekonstruksiya qilishga “Ruxsatnoma” olib, qishloq xo`jaligi uchun mo`ljallangan er uchastkasida qurilish ishlarini boshlab, sug`oriladigan ekin er maydonini muomiladan chiqarib 1 029 mln. so`m miqdorda zarar etkazgan.

Bundan tashqari, F.K. bir vaqtning o`zida “S.I.” MChJ va “D. M.” XK rahbari bo`la turib, ushbu jamiyatlarning norasmiy rahbari B.I. bilan birgalikda “Agrokimyohimoyaservis” MChJ balansidagi, 2021 yilda auksion savdolari orqali “D. M.” XKga sotib yuborilgan, Qibray tumani, Bobur MFY hududidagi qishloq xo`jaligi xaritasining 2393 konturida 66,02 ball bonitetli  

4,13 gektar sug`oriladigan er uchastkasining 0,75 gektar qismida qurilish ishlarini boshlab 774 mln. so`m miqdorda zarar etkazgan.  

Mazkur holat yuzasidan “S.I.” MChJ va “D. M.” XK rahbari F.K., norasmiy rahbari B.I. va boshqalarga nisbatan JKning tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.  

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar