Ayni vaqtda kuchli yog`ingarchilik oqibatida Toshkent-O`sh xalqaro avtomobil yo`lining "Qamchiq" dovonidan o`tgan 206 kilometrida sel oqimlari kuzatilgan. Shu sababdan yo`lning bir tomonida yig`ilib qolgan sel qoldiqlarini tozalash maqsadida "Qamchiq" dovoni vaqtincha yopildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Hozirda FVV rahbarligida tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
"Qisqa muddatlarda dovondagi harakat qayta tiklanadi", - deyiladi xabarda.






