AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda kunning ikkinchi yarmida yog`ingarchilik kuzatiladi

'Bugun O`zbekistonda kunning ikkinchi yarmida yog`ingarchilik kuzatiladi'ning rasmi

"O`zgidromet" 5 may ob havosini "prognoz" qildi.

Unga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro, Naoviy viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 24-29° gacha isiydi.

Shuningdek, Toshkentda kechga tomon qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-29° bo`ladi. 

Tog` oldi va tog`li hududlarning ham ayrim joylarida yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 13-18° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar