AsosiyJamiyat

Toshkent-Andijon-Toshkent yo`nalishida harakatlanadigan ba`zi yo`lovchi poezdlar harakati vaqtincha to`xtatildi

'Toshkent-Andijon-Toshkent yo`nalishida harakatlanadigan ba`zi yo`lovchi poezdlar harakati vaqtincha to`xtatildi'ning rasmi

2022 yil 5 may kuni Toshkent-Andijon-Toshkent yo`nalishida harakatlanadigan 60/59-sonli hamda 62/61-sonli yo`lovchi poezdlar harakati vaqtincha, ya`ni bir kunga to`xtatiladi. Bunga tog`li hududlarda kuzatilgan kuchli yog`ingarchilik sabab bo`ldi. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” bu haqda xabar bermoqda.

 Qayd etilishicha, mazkur chora poezdlar harakat xavfsizligini hamda yo`lovchilarning xavfsizligini ta`minlash maqsadida qo`llanilmoqda. 

Ma`lum qilinishicha, yo`lovchilarga xarid qilingan chiptalari 100 foiz mikdorda qaytarib beriladi.

“"O`zbekiston temir yo`llari” AJ rahbariyati noqulaylik uchun yo`lovchilardan uzr so`raydi",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar