O`zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi kelgusi 5 kunlik uchun ob-havo bashoratini e`lon qildi. Unga tayanib Gidrometeorologik ilmiy tahlillar, ob-havo prognozlari kanali muallifi Abdulahatovning yozishicha, 5 may kuni respublikaning ko`plab hududlarida yog`ingarchilik saqlanadi. Kunning ikkinchi yarmida sel keltirib chiqaruvchi yog`inlar yog`ishi mumkin.
7-8 may kunlari janub viloyatlarda havo harorati +40 darajaga ko`tariladi.
8 may kunidan boshlab, antisiklon o`zining chekka qismidagi nam havo oqimini avvaliga Qoraqalpog`iston va Xorazm viloyati hududlariga, so`ngra 9 may kuni respublikaning boshqa viloyatlariga ''ilashtirib'' keladi.
"Bu ilashtirish yana chaqmoq-momaqaldiroqli jarayonlar bilan birga kuzatiladi degani. Ba`zi hududlarda kuchli yog`inlar yog`ishi mumkin",-deydi Abdulahatov.
Qayd etilishicha, Qoraqalpog`iston va Xorazmda 7 va 9 may kunlari, boshqa viloyatlarda esa 6-8 may kunlari yog`ingarchilik kutilmaydi.
"Havo harorati asta-sekin ko`tariladi, ammo janub viloyatlaridan tashqari boshqa sektorlarda keskin issiq havo to`lqini prognozlari hozircha yo`q",-deydi doktorant.
Uning m`lum qilishicha, oqimlar kirib kelishida bahoriy shamollar va tog`larda lokal(mahalliy) xususiyatli yog`inlar ayni mavsumda mamlakatni tark etmaydi.






