AsosiyJamiyat

Tadbirkorlarga 5 milliard so`mgacha imtiyozli kreditlar beriladi

'Tadbirkorlarga 5 milliard so`mgacha imtiyozli kreditlar beriladi'ning rasmi

AOKAda o`tkazilgan Markaziy bank mas`ul xodimi Feruz Ermatov ishtirokidagi brifingda ana shu haqda so`z bordi. Tadbirda tadkorlik sub`ektlarini kreditlash tartiblari bilan bog`liq kelib tushgan dolzarb savollarga javoblar qaytarildi.

Qayd etilishicha, “Hududlarda tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qaroriga ko`ra, tijorat banklariga Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasining mablag`lari hisobidan 300 million AQSh dollari ekvivalentida kredit liniyasi ajratiladi.

Tijorat banklari tomonidan kreditlar ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun yillik 14 foiz stavkada, 5 yilgacha muddatga, shu jumladan 2 yilgacha bo`lgan imtiyozli davr bilan 5 milliard so`mgacha miqdorda beriladi.

    Boshqa yangiliklar