AsosiyJamiyat

O`zbekiston Milliy Media Assosiasiyasiga bosh direktor tayinlandi

'O`zbekiston Milliy Media Assosiasiyasiga bosh direktor tayinlandi'ning rasmi

Kecha O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi (O`zEOAVMA) O`zbekiston Milliy Media Assosiasiyasi nomi bilan qayta tashkil etilgani haqida xabar berilgan edi. 

Po`latov Abrorjon Masutovich O`zbekiston Milliy Media Assosiasiyasiga bosh direktor  etib tayinlandi.

A. Po`latov 1986 yil 12 fevralda Farg`ona viloyatida tug`ilgan. Ma`lumoti oliy. U  2006 yil Toshkent islom universiteti (bakalavr), 2008 yil O`zbekiston Milliy universitetini (magistr) tamomlagan. Siyosiy fanlar bo`yicha falsafa doktori.

Tayinlovga qadar A. Po`latov O`zEOAVMA bosh direktorining ijodiy masalalar bo`yicha o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

 

    Boshqa yangiliklar