AsosiyJinoyat

Surxondaryoda maktab direktorining o`rinbosari ota-onalar to`lagan 207,7 mln so`m badal pullarini o`zlashtirib yubordi

'Surxondaryoda maktab direktorining o`rinbosari ota-onalar to`lagan 207,7 mln so`m badal pullarini o`zlashtirib yubordi'ning rasmi

Surxondaryo viloyatida pul mablag`larini o`zlashtirgan maktab direktori o`rinbosari va sobiq huquqshunos aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma`lum qildi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sariosiyo tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tumandagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktorining xo`jalik ishlari bo`yicha o`rinbosari o`quvchilarning ota-onalari to`lagan 207,7 mln so`m badal pullarini bank muassasasiga topshirmasdan, o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlanib, tekshiruv davomida etkazilgan zararning 115 mln so`mi undirilishi ta`minlangan.  

Shu kabi, Sho`rchi tuman bo`limi tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasining murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, korxonaning sobiq huquqshunosi I.J. (muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan) 28 nafar fuqaroning elektr energiyasidan qarzdorligini yo`q qilib berish evaziga 47 mln so`m naqd pulini qo`lga kiritganligi aniqlanib, tekshiruv davomida o`z aybiga iqror bo`lib 2,2 mln so`mni qaytarganligi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar