Bugungi kunda oliy ta`lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning 47 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Bu haqda Oliy va o`rta ta`lim vazirligi ma`lum qildi.
️2022-2023 o`quv yilidan e`tiboran magistratura bosqichida o`qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to`lovlari Davlat byudjetidan to`lab beriladi;
️2022-2023 o`quv yilidan boshlab bazaviy kontrakt asosida o`qishga kirgan xotin-qizlarga kontraktlarini to`lash uchun 7 yilga foizsiz kredit beriladi;
2022-2023 o`quv yilidan boshlab doktoranturaga xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratib boriladi;
Xotin-qizlar uchun ajratiladigan grantlar soni kelgusi yillarda 3 baravarga oshirilib, 6 mingtaga etkaziladi;
Bugungi kunda oliy ta`lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan ilmiy darajaga ega professor-o`qituvchilarning 44 foizini ayollar tashkil etadi.






