AsosiyJamiyat

Chorsu bozori rekonstruksiya qilinayotgani natijasida uch gumbazdan biri yo`qotilishi mumkinmi?

'Chorsu bozori rekonstruksiya qilinayotgani natijasida uch gumbazdan biri yo`qotilishi mumkinmi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Chorsu bozori rekonstruksiya qilinayotgani natijasida uch gumbazdan biri yo`qotilishi mumkin degan xabar tarqaldi.

Masalaga oydinlik kiritish maqsadida bugun Ilmiy ekspert kengashi mutaxassislari tomonidan Chorsu bozorida rekonstruksiya ishlarini madaniy meros ob`ektlariga ta`sirini o`rganish maqsadida ishlar olib borildi. O`rganishlarni kuzatishda  Darakchi.uz muxbiri Oybek Shukurov ham etdi.

  Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o`rinbosari, Ilmiy ekspert kengashi raisi Tursunali Ko`ziev esa quyidagilarni ma`lum qilmoqda, deya xabar qilmoqda muxbirimiz.

"Avvalo ijtimoiy tarmoqlarda bunday gap tarqatganlarga rahmat aytmoqchiman. Shahar bir kishi yoki bir amaldorni didi yoki saviyasi bilan qurilmaydi. Ayniqsa, poytaxtning imidji nozik masala. 

Bilasizmi, mana gumbazlarni ustidagi naqshlari O`rta Osiyoda savdo rastalarining markazlarining shakli olingan. Ularga alohida yondashuv berilgan. Shu nuqtai nazardan, monumental san`at asari sifatida juda noyob hisoblanadi va bu gumbazlar saqlab qolinishi shart! Ular madaniy meros ob`ektiga kiritilganligi sababli ularga zarar etkazilmasligi kerak.  Lekin uning atrofi, ichi savdo rastasi bo`lganligi sababli zamonaviylashadi.  Shuning uchun bugungi sayyor yig`ilishda gumbazlarga zarar etkazmaslikni kelishib oldik".

 

    Boshqa yangiliklar