AsosiyJamiyat

“Toshkent-Shahrisabz-Toshkent” yo`nalishida “Afrosiyob” poezdlari qatnovi yo`lga qo`yiladi

'“Toshkent-Shahrisabz-Toshkent” yo`nalishida “Afrosiyob” poezdlari qatnovi yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Yo`lovchilarga transport xizmatlar ko`rsatish ko`lamini yanada oshirish maqsadida 2022 yil 7, 8 may sanasidan boshlab, haftaning shanba va yakshanba kunlari “Toshkent-Shahrisabz-Toshkent” yo`nalishida 758/757-sonli yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” zamonaviy poezdlari qatnovi yo`lga qo`yiladi. Bu haqda  “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar bermoqda. 

Harakat jadvaliga ko`ra “Toshkent- Shahrisabz” yo`nalishida qatnaydigan 758-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdi shanba va yakshanba kunlari soat 08:00 da Toshkent markaziy vokzalidan; 

“Shahrisabz-Toshkent” yo`nalishida qatnaydigan 757-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdi esa Shahrisabz temir yo`l vokzalidan soat 15:40 da harakatini boshlaydi.

Shu bois, 2022 yil 7, 8 may sanasidan boshlab, bugungi kunda “Toshkent-Qarshi-Toshkent” yo`nalishida harakatlanayotgan 760/759-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdlarining har shanba, yakshanba kunlari qatnovi to`xtatiladi.

Qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar