Bu haqda kecha AOKAda o`tkazilgan brifingda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati rahbari vazifasini bajaruvchi Husan Tangriev ma`lumot berdi.
Unga ko`ra, 2023 yil yakuniga qadar respublikaning barcha xalqaro aeroportlarida "Masofaviy bojxona nazorati" tizimi joriy etiladi.
Shuningdek, 2022 yil 1 dekabrdan bojxona ko`rigi jarayonlari qamrab olingan mobil elektron tizim ishga tushiriladi.
Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 1 iyunga qadar kadrlarni ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tanlash hamda tanlov jarayonlarining natijalari internet tarmog`i orqali real vaqt rejimida e`lon qilib borish yo`lga qo`yiladi. 1 sentyabrga qadar esa xalqaro standartlarga muvofiq komplaens nazorat tizimi to`laqonli ishga tushiriladi.
Shu jumladan, 2022 yil 1 oktyabrga qadar bojxona yuk deklarasiyalarini "Masofaviy elektron deklarasiyalash" bojxona postlarida rasmiylashtirish tartibi joriy qilinadi.






