O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti mazkur hodisa tafsilotlarini ma`lum qildi. Qayd etilishicha, voqea 30 aprel kuni soat 14:00 larda Paxtaobod tumanida sodir bo`lgan.
Shu tumanda yashovchi 25 yoshli M.D. mahalladoshi 31 yoshli T.J. bilan mahalla hududida bo`la turib, o`rtalarida T.J. M.D.ning otasini haqorat qilganligi sababli vujudga kelgan janjal natijada, M.D. avtomashinasida bo`lgan xo`jalik pichog`ini olib T.J.ning qorin qismiga urib jarohat etkazgan.
Jabrlanuvchi T.J. olgan tan jarohatlari bilan tuman shifoxonasiga olib kelingan, biroq shifokorlar tomonidan unga ko`rsatilgan tibbiy mulojalarga qaramay vafot etgan.
Hodisa joyiga zudlik bilan etib kelgan tergov-tezkor guruhi ko`zdan kechirish tergov harakatini olib borgan.
Tergov harakatlaridan so`ng aniqlanishicha, gumonlanuvchi voqea joyidan yashirinib, mahalladagi uylarining biriga qirib, ashyoviy dalilni yo`q qilish maqsadida uyning hojatxonagasiga qirib, xo`jalik pichog`ini tashlab yuborilganligi aniqlangan. Bir qator chora tadbirlardan so`ng 1 dona xo`jalik pichog`i hamda M.D.ning egnida bo`lgan kiyimlar va qonga o`xshash dog`lar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
"Mazkur holat yuzasidan Paxtaobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan M.D.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda",-deyiladi xabarda.






