AsosiyJamiyat

Mir-Akbar Rahmankulov Prezident maslahatchisi o`rinbosari etib tayinlandi

'Mir-Akbar Rahmankulov Prezident maslahatchisi o`rinbosari etib tayinlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi o`rinbosari Mir-Akbar Xodji-Akbarovich Raxmankulov O`zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo`yicha maslahatchisi o`rinbosari etib tayinlandi. 

Mazkur tayinlov davlat rahbarining farmoniga muvofiq amalga oshirildi. Prezident matbuot kotibi bu haqda xabardor qilmoqda.

Ma`lumot uchun, Mir-Akbar Xodji-Akbarovich Raxmankulov 1952 yilning 5 oktyabr sanasida Toshkentda tug`ilgan. O`zbekiston Milliy universitetining yuridik fakultetini tamomlagan.

    Boshqa yangiliklar