Kecha, 5 may kuni soat 23:00 da Surxondaryo viloyati Uzun tumanida tog` va adirliklarida kuzatilgan kuchli yog`ingarchilik oqibatida sul va suv toshqini kuzatildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, tumanning “Mustaqillikning 22 yilligi” MFY “Toshtepa” qishlog`i hududidan oqib o`tuvchi “O`rta ariq” kanalida suv miqdori me`yoridan oshib ketishi natijada kanaldan toshib, unga yaqin joylashgan 40 ga yaqin aholi uylari, tomorqalari va “Dehqon” mahallasida 15 ta aholi tomorqalariga kirgan.
Aholi xavfsizligini ta`minlash maqsadida “Toshtepa” qishlog`idagi 40 ta xonadondan 230 dan ortiq fuqarolar viloyat FVB rahbariyati boshchiligida qutqaruvchilar, Ichki ishlar, Milliy Gvardiya hamda viloyat Hokimiyati mas`ul xodimlari bilan hamkorlikda tumanda joylashgan 19-sonli umumta`lim maktabiga vaqtinchalik ko`chirib o`tkazildi.
Hodisa oqibatida aholini tan jarohat olishi holatlari to`g`risida ma`lumot kelib tushmadi. Vaziyat to`liq Favqulodda vaziyatlar vazirligi nazoratida.
Voqea joyida xonadonma-xonadon yurib, holatning ko`lami va talofatlarni aniqlash, maxsus texnikalar yordamida hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.






