O`zbekistonda 236 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va nogironlariga moddiy va ma`naviy yordam ko`rsatish bo`yicha reja ishlab chiqildi. Bu haqda AOKAda Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Otbaek Yo`ldoshev ishtirokida o`tkazilgan brifingda ma`lum qilindi.
Ta`kidlanishicha, Prezident Farmoniga muvofiq II jahon urushi qatnashchilarining har biriga 15 000 000 so`m miqdorida bir martalik pul mukofoti, «Yangi O`zbekiston» majmuasidagi «Mustaqillik monumenti»ning statuetkali qimmatbaho sovg`a va Prezident tabrigi, shuningdek vazirlik va idoralar, hokimliklar tomonidan ta`sis etilgan sovg`alar topshirilmoqda.
Frontdan kelgan maktublarni jamlagan «Askar maktublari» hamda tumanlar kesimida va alifbo shaklida nomlari bitilgan «Vatan fidoyilari» kitoblarining nishona nusxalari tayyorlandi. Mazkur kitoblar 10 may kunigacha chop etilishi rejalashtirilgan.






