AsosiyJamiyat

TIV O`zbekistonning Ittifoq davlatiga qo`shilishi haqidagi xabar yuzasidan rasmiy bayonot berdi

'TIV O`zbekistonning Ittifoq davlatiga qo`shilishi haqidagi xabar yuzasidan rasmiy bayonot berdi'ning rasmi

So`nggi vaqtlarda hodisalarni yoritishda xolislik va betaraflikka da`vo qiladigan ba`zi chet el nashrlari ayrim xorijiy davlatlar rahbarlarining Ittifoq davlatini kengaytirish va unga O`zbekiston Respublikasining qo`shilishi haqidagi asossiz fikrlarini tarqatishda davom etmoqda. Ushbu xabarlar yuzasidan Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

"O`zbekistonning xorijiy hamkorlar bilan do`stona munosabatlariga putur etkazishi mumkin bo`lgan bunday ig`vogar harakatlarga yo`l qo`yilmasligini yana bir bor ta`kidlaymiz.

O`zbekiston Respublikasi o`z mustaqilligi va suverenitetini ta`minlash maqsadida faqat milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda bundan buyon ham o`zi tanlagan mustaqil taraqqiyot yo`lida qat`iy davom etadi", - deyilgan TIV bayonotida.

    Boshqa yangiliklar