Abutalipov Abduaziz Abdulaziz o`g`li O`zbekiston Milliy Media Assosiasiyasi bosh direktorining birinchi o`rinbosari etib tayinlandi.
Abduaziz Abutalipov 1995 yil 10 dekabrda Toshkent shahrida tug`ilgan. 2018 yil O`zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlagan.
A. Abutalipov 2018-2019 yillarda O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universitetining ilmiy va innovasion loyixalarni tijoratlashtirish bo`limi boshlig`i,
2019-2022 yillarda O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida turli lavozimlarda samarali faoliyat yuritgan.