UzAuto Motors kompaniyasi iste`molchilarning taklif va mulohazalarini o`rganib chiqib, yangi komplektasiyadagi Chevrolet Cobalt “Optima” avtomobilini ishlab chiqirishni boshladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, endilikda xaridorlarga avtomat uzatmali Chevrolet Cobalt avtomobilini quyma disk o`rniga po`lat disk bilan sotib olish imkoniyati berilmoqda. Shuningdek, “Optima” komplektasiyasi orqa qoraytirilgan oyna, kuchaytirilgan dvigatel va himoya karterini o`z ichiga oladi.
Po`lat disklar notekis yo`llarda avtomobilning yumshoq va muammosiz harakatlanishini ta`minlaydi. Shuningdek, notekis yo`llarda shikastlanishdan himoyalash, qulay xizmat ko`rsatish va ma`lum bir sharoitlarda yoqilg`i tejamkorligi bilan ahamiyatlidir.
Yangi modifikasiyadagi avtomobil may oyidan boshlab rasmiy dillerlik markazlarida optimallashtirilgan narxda sotuvga chiqariladi.
"Chevrolet Cobalt “Optima” avtomobilini xarid qilish uchun shartnomani Chevrolet rasmiy dilerlik markazlarida tuzishingiz mumkin.
Avtomobilingizni 1 oy muddatda olib ketish imkoniyatini boy bermang!
Batafsil ma`lumotni +99878 1417777 raqami orqali yoki kompaniyasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalaridan olishingiz mumkin", - deya murojaat qiladi kompaniya.