AsosiyJamiyat

“Aeroflot” Moskvadan Toshkentga parvozlarni tiklamoqda

'“Aeroflot” Moskvadan Toshkentga parvozlarni tiklamoqda'ning rasmi

“Aeroflot” aviakompaniyasi 20 maydan boshlab Moskvadan Toshkentga parvozlarni yo`lga qo`yadi. Bu haqda “TACS” nashri xabar berdi, deya yozmoqda "Zamon" nashri.

Qayd etilishicha, kunlik reyslar keng fyuzelyajli “Airbus A330” samolyotlarida amalga oshiriladi. 

“Aeroflot”ning Moskvadan to`g`ridan-to`g`ri reyslari yo`lga qo`yilishi munosabati bilan 21 maydan boshlab “Rossiya” aviakompaniyasi tomonidan Sochidan Toshkentga parvozlar bekor qilindi. Yo`lovchilar Moskvadan reyslarga qayta ro`yxatdan o`tadi.

Endilikda “Aeroflot” Moskvadan Urganch, Buxoro va Samarqandga parvozlarni amalga oshiradi.

    Boshqa yangiliklar