AsosiyJinoyat

Jizzaxda ish yurituvchi tadbirkorning 260 mln. so`mlik mulkini talon-taroj qildi

'Jizzaxda ish yurituvchi tadbirkorning 260 mln. so`mlik mulkini talon-taroj qildi'ning rasmi

Mazkur holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzacho`l tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlandi.

Qayd etilishicha, “M-M." MChJning ish yurituvchisi ushbu korxonaga avtomobillarga texnik xizmat ko`rsatish uskunalarini xarid qilish uchun ajratilgan 260 mln so`m kredit evaziga qishloq xo`jaligi texnikalari ehtiyot qismlarini xarid qilib, ehtiyot qismlarni boshqa fuqarolarga sotib yuborgan.U o`zganing juda ko`p miqdordagi mulkini o`zlashtirishga uringan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilayotgani aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar