AsosiyJamiyat

Rossiyada ishlash istagida bo`lgan fuqarolarga bo`sh ish o`rinlari taklif etildi

'Rossiyada ishlash istagida bo`lgan fuqarolarga bo`sh ish o`rinlari taklif etildi'ning rasmi

Rossiya Federasiyasida ishlash istagida bo`lganlar Amur viloyatidagi "Povoljskoe stroitelnoe predpriyatie" korxonasi qurilish ob`ektiga ishga taklif etilmoqda. Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi bu haqda xabar berdi. 

Qayd etilishicha, mazkur ob`ektda quyidagi bo`sh ish o`rinlari mavjud:

- Suvoqchi-bo`yoqchi;

- armaturachi;

- beton quyuvchi;

- santexnik;

- elektromontaj ustasi;

- samosval haydovchisi.

Ma`lum qilinishicha, oylik maosh ish hajmiga qarab, 40-65 ming rubl atrofida.

Qayd etilishicha, shuningdek, ish beruvchi tomonidan belgilangan imtiyozlar mavjud. Ular quyidagilar:

  • aviachipta;
  • yashash joyi va 3 mahal ovqat;
  • rag`batlantirish (ish hajmi va sifatiga qarab);

Talablar:  

- sudlanmagan bo`lishi;

- 20-50 yosh oralig`ida;

- malakasi bo`yicha aniq bilimga ega;

- Rossiyaga kirishga taqiqi yo`q;

- xorijga chiqish pasporti bo`lishi.

Quyida tanlovlar o`tkaziladigan vaqti va hududlar bilan tanishing:

 10 may:

  • Soat 10:00 da, Jizzax viloyati,

Manzil: Jizzaxlik MFY, Sharof Rashidov shoh ko`chasi, 44-uy.

Mo`ljal: Jizzax "Ishga marhamat" monomarkazi (O`rda bog`i yaqinida).

 72 223-90-66, 72 223-90-65.

  • Soat 15:00 da, Namangan viloyati,

Manzil: Nodira ko`ch., 3-uy. Viloyat mehnat boshqarmasi binosi.

 69 227-94-64, 69 227-97-27.

11 may:

  •  Soat 10:00 da, Farg`ona viloyati,

Manzil: B.Marg`inoniy ko`ch., 4-uy.  

Mo`ljal: 10-maktab, Viloyat bandlik bosh boshqarmasi binosi.

 73 244-40-01.

Eslatib o`tamiz, bugun, 7 may kuni soat 12:00da Nijegorod viloyatidagi "Mejdunarodny kadrovy sentr" tashkilotiga yordamchi ishchi (podsobny rabochiy) bo`sh ish o`rniga tanlov o`tkaziladi. Ish beruvchi talabi va mehnat sharoitlari haqidagi ma`lumotni Agentlikning Buxoro viloyati filialidan olish mumkin.

Buxoro shahri, Piridastgir ko`chasi, 13-uy.

"Ishga marhamat" monomarkazi binosi birinchi qavati.

 (65) 226-56-99, (99) 707-77-10.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo`lgan fuqarolar xorijga chiqish pasporti bilan kelishi so`ralmoqda.

    Boshqa yangiliklar