Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roy Xojson iste`foga chiqqanini ma`lum qildi.
Murabbiy Evropa chempionati nimchorak finalida Islandiyadan uchralgan mag`lubiyatdan so`ng shunday qarorga kelgan. Inglizlar Islandiyadan 1:2 hisobida mag`lub bo`lishgan.

“Men iste`fo bermoqchiman. Barchasi mening aybim bilan bo`ldi. Men yana bir necha yil shu erda qolishni istardim, ammo natija bo`lmasa, buning foydasi yo`q. Angliyada iqtidorli futbolchilar ko`p, ammo men ularni keraklicha o`ynata olmadim”, – dedi Xojson o`yindan keyingi matbuot anjumanida.
Hozircha Angliya terma jamoasi boshqaruviga kim kelishi noma`lum.





