Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati mas`uliyatsizligi va yo`l qo`ygan kamchiliklari uchun intizomiy jazoga tortilgan sudyalar haqida rasmiy axborot berdi.
Unga ko`ra,
O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi B. Israylov;
Farg`ona viloyat sudi raisining o`rinbosari – iqtisodiy ishlar bo`yicha sudlov hay`ati raisi A. Madaminov;
Andijon viloyati jinoyat ishlari bo`yicha Paxtaobod tuman sudining raisi Sh. Mirzakarimov;
Navoiy viloyati jinoyat ishlari bo`yicha Qiziltepa tuman sudining raisi A. Avezov;
Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo`yicha Koson tumanlararo sudining raisi Sh. Xoliqov;
Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo`yicha Yakkabog` tumanlararo sudining sudyasi L. Abdullaev;
Xorazm viloyati fuqarolik ishlari bo`yicha Urganch tumanlararo sudining sudyasi G`. Matyakubov;
Xorazm viloyati jinoyat ishlari bo`yicha Urganch tuman sudining sudyasi R. Bobajanov;
Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo`yicha O`rtachirchiq tumanlararo sudining sudyasi Sh. Xoljigitov;
Toshkent viloyati fuqarolik ishlri bo`yicha Yangiyo`l tumanlararo sudining raisi Sh. Xaydarov;
Toshkent viloyati Nurafshon tumanlararo ma`muriy sudining sudyasi M. Maxmudov;
Toshkent shahar jinoyat ishlari bo`yicha Shayxontohur tuman sudining sudyasi A. Yuldashev intizomiy jazoga tortildi.






