AsosiyJamiyat

Surxondaryodagi sport majmuasining tomi qulab tushdi

'Surxondaryodagi sport majmuasining tomi qulab tushdi'ning rasmi

Qurilish vazirligi holat yuzasidan ma`lumot berdi. 

Ma`lum bo`lishicha, kuni kecha, 5 may kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi “Alpomish” kurash majmuasining tom qismi qulab tushgan.

Qayd etilishicha, kurash zalining taxminan 1700 metr kvadrat maydonida  tom qismi buzilib, erga qulab tushgan va yaroqsiz holatga kelib qolgan.

Ta`kidlanishicha, hodisa oqibatida hech kim jarohatlanmagan.

Ma`lumot uchun, majmua 1999 yilda qurilgan. Uning tom qismi murakkab konstruktiv echimli bo`lib, “Kislovodsk” tipidagi fazoviy metall konstruksiyalardan foydadanilgani aytiladi.

    Boshqa yangiliklar