1

O`zbekiston va Qozog`iston Prezidentlari telefonda gaplashishdi

Siyosat 09.05.2022, 19:11
O`zbekiston va Qozog`iston Prezidentlari telefonda gaplashishdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 9 may kuni Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlat rahbarlari bir-birini, mamlakatlarimizning birodar xalqlari va faxriylarini Ikkinchi jahon urushidagi G`alaba kuni bilan samimiy muborakbod etib, sihat-salomatlik, baxt-saodat va farovonlik,  tinchlik va ravnaq tiladilar.

O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasidagi ko`p qirrali hamkorlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko`rib chiqildi. O`zaro savdo va investisiyalar ko`rsatkichlari izchil oshib borayotgani, parlamentlar, hukumatlar va hududlar o`rtasidagi aloqalar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Savdo, sanoat kooperasiyasi, transport va logistika, energetika, infratuzilma va boshqa ustuvor yo`nalishlardagi qo`shma loyiha va dasturlarni ilgari surishga alohida e`tibor qaratildi.

Prezidentlar mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashib, bo`lajak oliy darajadagi ikki va ko`p tomonlama tadbirlar rejasini ko`rib chiqdilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1