AsosiyJamiyat

Toshkentda YPX xodimini urib ketgan “Tracker” haydovchisi sud hukmi ustidan shikoyat qilgan

'Toshkentda YPX xodimini urib ketgan  “Tracker”  haydovchisi sud hukmi ustidan shikoyat qilgan'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda “Tracker Primier”  haydovchisi tomonidan IIBB xodimini urib ketgani aks etgan YTH videosi tarqalmoqda.

Videoda “Tracker Primier”  haydovchisi o`zidan oldin harakatlanayotgan fuqaro Sh. U. ning boshqaruvida bo`lgan “Cobalt”  mashinasini o`ng tomondan quvib o`tayotgan vaqtda to`qnashib ketadi va shu joyda o`z xizmat vazifasini olib borayotgan Toshkent shahar IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi bo`linmalari Yo`l-patrul xizmati brigadasi Yo`l-patrul xizmati 3-bataloni 6-safarbarlik guruh YPX inspektori A. A. ni urib yuborgan.    

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati holat yuzasidan ma`lumot bergan edi. 

Toshkent shahar sudlari Matbuot xizmatining rasmiy bayonotiga ko`ra, 2022 yil 7 aprel kuni jinoyat ishlari bo`yicha Yunusobod tuman sudida “Tracker Primier”  haydovchisi  haydovchisi K. U. (1989 yil Toshkent shahrida tug`ilgan, Halq ta`limi vazirligi qoshidagi “Innovasiya, texnologiya va strategiya markazi” DUK haydovchisi, muqaddam sudlanmagan) ga nisbatan jinoyat ishi ko`rib chiqish bo`yicha sud jarayoni yakuniga etib, sud hukmi e`lon qilingan.

E`lon qilingan sud hukmiga ko`ra, sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga ish haqining 15 foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.  

Shuningdek, Halq ta`limi vazirligi qoshidagi “Innovasiya, texnologiya va strategiya markazi” DUK hisobidan fuqaroviy da`vogar Sh. U. foydasiga 15 469 100 so`m, jabrlanuvchi A. A. foydasiga jami 4 060 002 so`m etkazilgan moddiy zarar undirilishi belgilangan.

2022 yil 25 aprel kuni sudlanuvchi tomonidan chiqarilgan hukm ustidan apellyasiya tartibida shikoyat berilib, ayni paytda ushbu shikoyat Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati apellyasiya instansiyasida ko`rish uchun rasmiylashtirimoqda.

Apellyasiya shikoyatini ko`rib chiqish yakuni bo`yicha qo`shimcha axborot beriladi, - deyiladi Toshkent shahar sudlari Matbuot xizmatining rasmiy bayonotida.

 

    Boshqa yangiliklar