Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Izboskan tumani bo`limi tomonidan “Turonbank” ATB Andijon filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.
Unda, mazkur filial boshqaruvchisi sobiq o`rinbosari I.K. va tumandagi “H.” xususiy bog`dorchilik xo`jaligi rahbari X.P.lar zamonaviy energiya tejamkor issiqxona qurish uchun ajratilgan 50 000 AQSh dollari imtiyozli kredit mablag`i evaziga issiqxona qurmasdan, rasmiy hujjatlarga soxta ma`lumotlar kiritish orqali talon-toroj qilganliklari aniqlanib, tekshiruv davomida etkazilgan zararning 20 000 AQSh dollari undirilishi ta`minlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






