AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Qozog`iston kosmik fazoni tadqiq etish sohasida hamkorlik qiladi

'O`zbekiston va Qozog`iston kosmik fazoni tadqiq etish sohasida hamkorlik qiladi'ning rasmi

O`zbekiston Prezidenti «Xalqaro shartnomani tasdiqlash to`g`risida»gi qarorni imzoladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Qaror bilan O`zbekiston va Qozog`iston hukumatlari o`rtasida kosmik fazoni tinchlik maqsadlarida tadqiq etish va foydalanish sohasida hamkorlik to`g`risidagi Bitim tasdiqlandi.

Mazkur Bitim 2021 yil 6 dekabr kuni Nur-Sulton shahrida imzolangan.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O`zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta`minlaydi.

    Boshqa yangiliklar