Mirzo Ulug`bek tumani, Sayram ko`chasida joylashgan gaz quvurida ta`mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 11 may kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar Buyuk ipak yo`li, Arslonbob, Mirzo Ulug`bek, Olmachi, Olmachi berk ko`chalaridagi jami 1432 ta xonadonlarda hamda 30 ta ulgurji iste`molchilarda gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.
"Ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi", - deyiladi xabarda.






