Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha havo o`zgarib turadi, Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Toshkent viloyatida ham kunning ikkinchi yarmida shunday hodisa kuzatiladi. Bu haqda "O`zgidromet" xabar bermoqda.
Qayd etiliishcha, respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 20-25° atrofida bo`ladi.
Ma`lum qilinishicha, poytaxt Toshkentda kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Havo harorati 23-25° bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda ham vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sel-toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Harorat 10-15° bo`ladi.






