“Toshshahartransxizmat” AJ Matbuot xizmati aprel oyi mobaynida jamoat transportidan qancha yo`lovchi foydalanganini ochiqladi. Qayd etilishicha, o`tgan oy davomida 130 ta avtobus yo`nalishida jami 8 826 293 nafar yo`lovchi manziliga etkazilgan.
Shundan eng ko`p foydalanilgan yo`nalishlar:
1. 131- sonli yo`nalish - 270 502;
2. 58 - sonli yo`nalish - 198 587;
3. 93 - sonli yo`nalish - 190 204.
Eng kam foydalanilgan yo`nalishlar:
1. 141- sonli yo`nalish - 2 490;
2. 196- sonli yo`nalish - 4 048;
3. 113 - sonli yo`nalish - 6 543.
Avtobus rusumi bo`yicha tashilgan yo`lovchilar soni:
1. Mercedes-Benz LF - 3 159 799;
2. Isuzu - 2 676 799;
3. Man - 1 842 886;
4. Saz LE 60 - 871 289;
5. Yutong (Elektrobus) - 275 52.






