AsosiyJamiyat

Angren shahar hokimi Nuriddin Abdurahimov vafot etdi

'Angren shahar hokimi Nuriddin Abdurahimov vafot etdi'ning rasmi

Bugun Angren shahar hokimi Nuriddin Karimovich Abdurahimov 48 yoshida vafot etdi.

Bu haqda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xabar berdi.

"Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi jamoasi Angren shahar hokimi Abduraximov Nuritdin Karimovichning bevaqt vafoti munosabati bilan yaqinlariga, oila a`zolariga chuqur hamdardlik bildiradi",-deyiladi unda. 

Ma`lumot uchun,  Nuriddin Karimovich joriy yilning yanvar oyi oxirida Angren shahriga hokim etib tayinlangandi. Bunga qadar esa Prezident administrasiyasining mas`ul xodimi bo`lib faoliyat yuritgan.

    Boshqa yangiliklar