AsosiyJamiyat

Toshkentda bankomat orqali soxta 2 000 AQSh dollari so`mga almashtirib olindi

'Toshkentda bankomat orqali soxta 2 000 AQSh dollari so`mga almashtirib olindi'ning rasmi

Yashnobod tumanida qalbaki AQSh dollarini bankomat orqali so`mga ayirboshlagan fuqarolar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi. 

Departamentning Yashnobod tuman bo`limi tomonidan AITB “Ipak yo`li bank” Amaliyot boshqarmasining murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro S.F. va boshqalar ushbu bank filialiga tegishli Parkent ko`chasida joylashgan bankomat orqali qalbaki 2 000 AQSh dollarini so`mga ayirboshlab olganliklari aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar