AsosiyJamiyat

Farg`ona hokimligi jurnalistning majburiy tartibda ishdan olinishi bilan bog`liq vaziyatga munosabat bildirdi

'Farg`ona hokimligi jurnalistning majburiy tartibda ishdan olinishi bilan bog`liq vaziyatga munosabat bildirdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buvayda tuman hokimligi nashri – “Buvayda ko`zgusi” gazetasida faoliyat olib borayotgan jurnalist Sharifa Murod Buvayda tumanidagi fermerning eri tuman zaxirasiga qaytarilishining qonuniyligini tahlil qilgan tanqidiy chiqishi sababli ishdan bo`shatilayotganiligi haqida xabarlar tarqaldi. Holatga Farg`ona vilyaoti hokimligi munosabat bildirdi. 

"Avvalo, shuni qayd etish lozimki, jurnalist o`zi tayyorlagan xabarlar va materiallarni ommaviy axborot vositalari orqali tarqatish, ularda o`z fikr-mulohazasini ifodalash huquqiga ega. Tanqidiy materiallar e`lon qilganligi uchun jurnalistni ta`qib qilishga yo`l qo`yilmasligi qonun bilan belgilab qo`yilgan. Davlat jurnalistga axborotni erkin olishi va tarqatishini kafolatlaydi, o`z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirishida uning himoya qilinishini ta`minlaydi.

Sharifa Murodning ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidiy chiqishi uchun ishdan bo`shatishga urinish, bilan bog`liq holat mas`ul idoralar tomonidan oxirigacha o`rganib chiqiladi, jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to`g`risidagi qonunchilik buzilishi tasdiqlanadigan bo`lsa, bunga yo`l qo`ygan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Buvayda tumanidagi fermerning eri tuman zaxirasiga qaytarilishining qonuniyligi bilan bog`liq masalani o`rganib chiqish uchun viloyat hokimligi tomonidan ishchi guruh shakllantirildi, o`rganish natijalari yuzasidan qo`shimcha ma`lumot e`lon qilinadi", - deyilgan hokimlik munosabatida. 

    Boshqa yangiliklar