AsosiyJamiyat

Toshkentda davlat boshqaruvini modernizasiya qilish va qonun ustuvorligini ta`minlashga bag`ishlangan xalqaro konferensiya ish boshladi

'Toshkentda davlat boshqaruvini modernizasiya qilish va qonun ustuvorligini ta`minlashga bag`ishlangan xalqaro konferensiya ish boshladi'ning rasmi

Bugun, 12 may kuni Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari davlat xizmatchilari uchun “Davlat boshqaruvini modernizasiya qilish va qonun ustuvorligi tamoyillarini hurmat qilish” mavzusida xalqaro konferensiya o`z ishini boshladi. Bu haqda Darakchi.uz muxbiri xabar bermoqda.  

Xalqaro konferensiya O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Evropa Kengashining Huquq orqali demokratiya uchun Evropa komissiyasi (Venesiya komissiyasi) bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.  

Konferensiya Evropa Ittifoqi va Evropa Kengashining “2020—2023 yillarga mo`ljallangan Markaziy Osiyoda qonun ustuvorligi” dasturida nazarda tutilgan bo`lib, uning doirasida Adliya vazirligi boshqa hamkorlar bilan birgalikda O`zbekistonda qonun ustuvorligini mustahkamlashda faol ishtirok etmoqda.

Tadbirning asosiy maqsadi — davlat boshqaruvini modernizasiya qilish va qonun ustuvorligi tamoyillariga rioya qilish masalalarini muhokama qilish hamda ilg`or tajribalar bilan almashish uchun etuk xalqaro va milliy ekspertlarni birlashtiradigan ochiq muloqot maydonini tashkil etishdir.  

Konferensiyada milliy ishtirokchilar bilan bir qatorda Evropa davlatlaridan, xususan Germaniya, Fransiya, Portugaliyadan tashrif buyurgan ekspertlar va mutaxassislar, shuningdek, Qirg`iziston, Qozog`iston va Tojikistondan tashrif buyurgan adliya, davlat xizmatlarini ko`rsatish, davlat xizmatini rivojlantirish va boshqa davlat idoralari rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etmoqda.

    Boshqa yangiliklar