AsosiyJinoyat

Kitobda qishloq xo`jaligi mahsulotlari zaxirasi uchun ajratilgan kredit mablag`ini o`zlashtirgan fermer xo`jaligi rahbari qo`lga olindi

'Kitobda qishloq xo`jaligi mahsulotlari zaxirasi uchun ajratilgan kredit mablag`ini o`zlashtirgan fermer xo`jaligi rahbari qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kitob tuman bo`limi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

da, “N.5.” fermer xo`jaligi rahbari R.M. 11.12.2020 yilda hududdagi tijorat banki filialidan qishki mavsumga qishloq xo`jaligi mahsulotlarini zaxira qilish uchun 1 yil muddatga 1,5 mlrd so`m kredit ajratilishiga erishib, go`yoki kredit evaziga 14 nafar fuqarodan qishloq xo`jalik mahsulotlari olganligi to`g`risida soxta shartnomalarni rasmiylashtirib, amalda qishki mavsumga zaxirani yaratmasdan juda ko`p miqdordagi kredit mablag`ini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar