AsosiyJamiyat

ShHT raisligi doirasida kelgusi haftada qator tadbirlar o`tkaziladi

'ShHT raisligi doirasida kelgusi haftada qator tadbirlar o`tkaziladi'ning rasmi

Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili rasmiy axborot berdi:

O`zbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi doirasida kelgusi haftada qator tadbirlar o`tkaziladi:

ShHTga a`zo davlatlarning o`simliklar karantiniga mas`ul vazirlik va idoralari rahbarlarining uchrashuvi – Toshkent shahri, 2022 yil 17 may.

ShHTga a`zo davlatlar madaniyat vazirlarining yig`ilishi –Toshkent shahri, 19-20 may 2022 yil.

ShHTga a`zo davlatlarning turizm sohasidagi hamkorlik masalalari bo`yicha idoralari rahbarlarining uchrashuvi – 2022 yil 19-20 may kunlari Toshkent shahri.    

ShHTga a`zo davlatlarning jismoniy tarbiya va sportini rivojlantirishga mas`ul vazirlik va idoralar rahbarlarining yig`ilishi – 2022 yil 20 may, Toshkent shahri.

ShHT Sayyohlik forumi –  2022 yil 19-20 may, Toshkent shahri.

    Boshqa yangiliklar