“Round University Ranking (RUR) – RUR Ranking Agency” – Rossiya tomonidan e`lon qilingan dunyoning etakchi universitetlarining xalqaro reytingi 2022 yilgi natijalari e`lon qilindi.
O`zbekiston Milliy universiteti jahon reytingida 754-o`ringa ega bo`lib, o`qituvchilar reytingida 530-o`rin (2021 yilda 613-o`rin), ilmiy-tadqiqot faoliyati bo`yicha 801-900-o`rin (2021 yilda – 812-o`rin), Xalqaro xilma-xillik reytingda 485-o`rin (2021 yilda - 409), Moliyaviy barqarorlik reytingida 775-o`rinni (2021 yilda - 793) egalladi.
Ushbu reyting 13 yildan buyon dunyoning 85 ta davlatidan 1200 ta nufuzli universitetni 4 ta yo`nalish bo`yicha taqsimlangan 20 ta ko`rsatkich bo`yicha taqqoslab keladi.
– Bu natijalar universitet ta`lim sifatini ko`tarish, ilmiy tadqiqot olib borish borasida o`z natijalarini yaxshilaganidan dalolat beradi, – deydi universitetning Xalqaro aloqalar bo`yicha prorektori Raima Shirinova. – Mazkur reytingda O`zbekiston Respublikasidan faqatgina O`zMU TOP-1000 universitetlar qatoriga kirgan birinchi universitetdir.