Bugun, 13 may kunduz kuni Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida ertalab, respublikaning qolgan hududlarda kun davomida joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Ba`zi hududlarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 23-28° gacha isiydi. "O`zgidromet" bundan xabardor qilmoqda.
Qayd etilishicha, Toshkentda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-27° bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Sel kelishi mumkinligi ham aytilmoqda. Havo harorati 10-15° bo`ladi.






