AsosiyJamiyat

Qozog`istonda ichida o`zbeklar bo`lgan avtobus ag`darildi. Qurbonlar bor...

'Qozog`istonda ichida o`zbeklar bo`lgan avtobus ag`darildi. Qurbonlar bor...'ning rasmi

Jambil viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko`ra, YTH joriy yilning 12 may kuni “Olmaota-Toshkent” avtomobil yo`lining 571-kilometrida sodir bo`lgan. 

“O`zbekiston Respublikasida ro`yxatdan o`tgan yo`lovchi avtobusi ag`darilib ketdi. Hodisa sabablari vakolatli organlar tomonidan o`rganilmoqda”, — deya izoh beradi boshqarma matbuot xizmati.

"Kazinform"ning ma`lum qilishicha, Jualin viloyati shifoxonasining tez tibbiy yordam bo`limiga yo`lovchi avtobus halokati munosabati bilan O`zbekiston Respublikasidan 48 nafar jabrlanuvchi murojaat qilgan. Ulardan 38 nafari erkak, to`qqiz nafari ayol va bir nafar voyaga etmagan bola. 16 nafar bemor shifoxonaga yotqizilgan, ulardan to`rt nafari reanimasiya, 12 nafari jarrohlik bo`limida. Diagnostika bo`limlarida 12 nafar bemor shifokorlar nazoratida, deya tushuntirish beriladi.

Qayd etilishicha, mazkur yo`l-transport hodisasi oqibatida haydovchi yordamchisi va avtobus yo`lovchisi voqea joyida halok bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar