Prezident Shavkat Mirziyoev Farg`ona viloyat faollar yig`ilishida davlat xaridi bo`yicha bug`doyning narxi oshirilganiga izoh berib o`tdi.
"Bozor hammasini hal qiladi. Biz bug`doy uchun fermerga bir yarim million beryapmiz, bozor esa 4 million taklif qilyapti. O`rtadagi farqni kim olyapti? O`rtakashlar olyapti, poraxo`rlik ko`paymoqda. Poraxo`rlarning hammasini qamab, tugatib bo`ladimi? Biz eng avvalo tizimni sog`lomlashtirishimiz kerak. Mana, paxta muammosi hal bo`ldiku, bug`doy ham hal bo`ladi.
Besh yil chidadim, ammo iqtisodiyotni bunday rivojlantirib bo`lmaydi. Davlat va bozor narxi o`rtasida tafovut bo`lmasa, hammasi joyiga tushadi. Dehqon manfaat ko`rgandan keyin urug`likni ham o`zi topadi, bug`doyga ham yaxshi qaraydi.
Kam ta`minlanganlarga yordam beramiz, albatta. Temir daftar asosida ish yuritamiz", - dedi Shavkat Mirziyoev.






