AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 2022 yilning 3 oyida bolalar ishtirokida sodir bo`lgan 204 ta YTHning 39tasi o`lim bilan yakunlandi

'O`zbekistonda 2022 yilning 3 oyida bolalar ishtirokida sodir bo`lgan 204 ta YTHning 39tasi o`lim bilan yakunlandi'ning rasmi

O`zbekistonda yo`l harakati xavfsizligi haftaligi boshlandi. Bu haqda AOKAda bo`lib o`tgan Butunjahon yo`l harakati xavfsizligi haftaligi doirasida: bolalarning yo`llardagi xavfsizligi - har bir kishining burchi mavzusidagi matbuot anjumanida ma`lum qilindi. 

Anjumanda bolalar bilan bog`liq yo`l transport hodisalari haqida ma`lumot berildi.

“Yo`l-transport jarohatlari butun dunyo bo`ylab bolalar va yoshlar salomatligi borasidagi jiddiy muammo hamda o`lim, jarohatlar va nogironlikning asosiy sababi bo`lib qolmoqda. Har kuni dunyoda 3000 ga yaqin bolalar va yoshlar yo`llarda halok bo`ladi yoki og`ir jarohatlar oladi. Bu o`limlarning oldini olish mumkin,” — dedi YuNICEFning O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade.

Shuningdek, qayd etilishicha, O`zbekistonda joriy yilning dastlabki uch oyida 1469 ta yo`l-transport hodisasi qayd etilgan bo`lib, ulardan 204 tasi bolalar ishtirokida sodir bo`lgan, 39 tasi o`limga sabab bo`lgan. Qurbonlarning aksariyati o`smirlardir. Yo`l-transport hodisalarining asosiy sabablari — tezlikni oshirish (455 ta), yo`l harakati qoidalariga rioya qilmaslik (110 ta) va zarur infratuzilmaning yo`qligi (250 ta), jumladan, piyodalar o`tish joyining yo`qligi (804 ta) bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar