AsosiyJamiyat

Farg`ona viloyati hokimining imzosigacha o`xshatib, er olish bo`yicha qarorni chiqartirib olgan holat ham bo`ldi – Prezident

'Farg`ona viloyati hokimining imzosigacha o`xshatib, er olish bo`yicha qarorni chiqartirib olgan holat ham bo`ldi  –  Prezident'ning rasmi

Farg`ona viloyati hokimligida prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush sharoitini tubdan yaxshilash masalalariga bag`ishlangan faollar yig`ilishi bo`ldi. Unda ishtirok etgan "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulovning xabar berishicha, Prezident yig`ilishda hokimlar tomonidan er ajratilishi masalasiga ham to`xtalgan. 

" – Endi hokimlarni savdo sohasiga chiqaryapman. Shunda ham bu holatlar bo`lyapti. Farg`ona viloyati hokimining imzosigacha o`xshatib, er olish bo`yicha qarorni chiqartirib olgan holat ham bo`ldi. Xayrulla Bozorov esa "bu erni men bermaganman", deyapti. O`zi shu imzoni o`xshatishni ham hokimlikda ishlaydigan odam qilgan. Kichkina lavozimda ishlaydi, bir byurokrat o`zi. Hayron qoladi kishi", — dedi Shavkat Mirziyoev.

    Boshqa yangiliklar