AsosiyJamiyat

Davlat soliq qo`mitasi delegasiyasi Shveysariyaning soliq ma`muriyatchiligi tajribasini o`rgandi

'Davlat soliq qo`mitasi delegasiyasi Shveysariyaning soliq ma`muriyatchiligi tajribasini o`rgandi'ning rasmi

Joriy yilning 6-7 may kunlari Davlat soliq qo`mitasi delegasiyasi Shveysariya Konfederasiyasiga ishchi tashrifi davomida Shveysariya Federal soliq administrasiyasi va Sug kantoni (viloyat)  rahbariyati bilan uchrashuvlar o`tkazdi.  

Uchrashuvda Shveysariya Federal soliq administrasiyasi boshlig`i Adrian Xug bilan soliq ma`muriyatchiligining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi, tajriba almashish bo`yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.  

Shveysariya tomoni O`zbekiston soliq organlarini yuqori texnologiyali xizmat ko`rsatishga transformasiya qilish bo`yicha olib borilayotgan islohotlarning ijobiy natijalarini qayd etdi. Mezbon tomon progressiv rivojlanish omili sifatida soliq ma`muriyatchiligiga raqamli instrumentlarni joriy etishni davom ettirish zarurligiga alohida e`tibor qaratdi.  

O`zbekiston tomoni Shveysariya soliq hisoboti shakllarini avtomatlashtirish va soddalashtirish tajribasi natijasida EHTT mamlakatlari orasida soliq deklarasiyasini topshirishga sarflangan vaqtning eng kichik ko`rsatkichiga erishganini qayd etdi.  

Shveysariya FSA tarkibiy bo`linmalari va quyi tuzilmalari tomonidan soliq ma`muriyatchiligining amaliy mexanizmlari va instrumentlari taqdimotlari o`tkazildi. Unda raqamli texnologiyalar sohasida xodimlarning salohiyatini oshirish va umuman xodimlar malakasini oshirish bo`yicha kompleks dastur ishlab chiqish zarurligiga alohida e`tibor qaratilgan.

Bundan tashqari, delegasiya Sug kantoniga tashrif buyurib, u erda hududiy soliq organlarining mahalliy soliq ma`muriyatchiligi faoliyati bilan tanishdi.  

Uchrashuvlar yakunida soliq ma`muriyatchiligining Evropa modeli tajribasini o`rganish sohasida hamkorlikni davom ettirish bo`yicha kelishuvlarga erishildi.

    Boshqa yangiliklar