AsosiyJamiyat

Samarqandda 4 kishi Nexia ichida yonib ketdi

'Samarqandda 4 kishi Nexia ichida yonib ketdi'ning rasmi

Samarqand viloyati Nurobod tumanida 6 may kuni to`rt kishining o`limi bilan yakunlangan YTH yuz berdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, Samarqand—Qarshi yo`nalishida harakatlanib ketayotgan Nexia-2 haydovchi uxlab qolishi oqibatida beton to`siqqa urilib, pastlikka ag`darilgan. Oqibatda avtomobilda yong`in kelib chiqib, transport vositasi yonib ketgan.

Avtomobil ichida bo`lgan to`rt nafar fuqaro yong`in qurboniga aylangan. Haydovchi esa og`ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ta`kidlanishicha, YTH haydovchining tajribasizligi (haydovchilik guvohnomasini besh oy oldin olgan) va to`yib uxlamagani sabab kelib chiqqan. Ma`lumotlarga ko`ra, avtomobil ichida yonib ketganlar orasida 11 yoshli qiz ham bo`lgan — u bobo-buvisi bilan ziyoratga ketayotgan bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar