AsosiyJamiyat

Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi abiturientlarni ogohlantirish bilan chiqdi

'Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi abiturientlarni ogohlantirish bilan chiqdi'ning rasmi

Bugun,  13 may kuni Axborot va Ommaviy kommunikasiyalar agentligida Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Shavkat Xo`jaqulov ishtirokida brifing bo`lib o`tdi. Bu haqda Darakchi.uz muxbiri xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, 2018 – 2020 yillar oralig`ida lisenziyaga ega bo`lgan nodavlat oliy ta`lim tashkilotlari soni 13 tani tashkil etgan bo`lsa, 2021 yilda 21 ta nodavlat oliy ta`lim tashkiloti faoliyati lisenziyalangan.

Ushbu nodavlat oliy ta`lim tashkilotlari tomonidan beriladigan diplomlar O`zbekistondagi boshqa oliy ta`lim muassasalari diplomlari qatorida tan olinadi.

Shavkat Xo`jaqulovning ma`lum qilishicha, ayrim holatlarda nodavlat oliy ta`lim xizmatlarini ko`rsatish uchun lisenziyaga ega bo`lmagan yoki faqatgina o`quv markazi sifatida faoliyati olib borish huquqiga ega bo`lgan ba`zi tashkilotlar fuqarolarimiz o`rtasida o`zini xususiy oliygoh sifatida tanishtirib abiturientlarni o`qishga jalb qilishga urinishlar kuzatilmoqda.

O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonunining 29-moddasiga asosan, nodavlat ta`lim tashkilotlari lisenziya olingan kundan e`tiboran ta`lim faoliyati bilan shug`ullanishga haqlidir.

Fuqarolarimizning yuqoridagi kabi holatlarda aldanib qolishlarining oldini olish maqsadida Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi veb-saytiga nodavlat oliy ta`lim tashkilotlari ro`yxati joylashtirilib, bu erga lisenziya olgan ta`lim tashkilotlari haqidagi ma`lumotlar muntazam yangilanib borilmoqda.

"Fursatdan foydalanib, abiturientlar va ularning ota-onalariga qaysidir nodavlat oliy ta`lim tashkilotiga pul to`lashdan avval Ta`lim inspeksiyasi saytidagi ro`yxatda ushbu muassasa bor yo`qligi tekshirib ko`rish yoki Ta`lim inspeksiyasi telefon yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali bog`lanib aniqlik kiritishlarini tavsiya qilamiz"-deydi Sh. Xo`jaqulov

Qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq, Ta`lim inspeksiyasidan oliy ta`lim xizmatlari ko`rsatish uchun lisenziya olmagan nodavlat oliy ta`lim tashkilotlari tomonidan berilgan diplomlar tan olinmaydi.

Nodavlat ta`lim tashkilotlariga lisenziya berish Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-son qarori asosida amalga oshiriladi. Mazkur qarorda nodavlat oliy ta`lim tashkilotlariga qo`yilgan talab va shartlar aniq ko`rsatib o`tilgan.

Nodavlat ta`lim tashkilotlari faoliyatini lisenziyalash tizimini soddalashtirish bilan birga, talabgorlarning murojaatlarini qisqa muddatlarda ko`rib chiqish tizimi yo`lga qo`yilgan.

    Boshqa yangiliklar