AsosiyJamiyat

EXHTning odam savdosiga qarshi kurashish bo`yicha maxsus vakili va koordinatori bilan uchrashuv tashkil etildi

'EXHTning odam savdosiga qarshi kurashish bo`yicha maxsus vakili va koordinatori bilan uchrashuv tashkil etildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o`rinbosari E.Muxitdinov boshchiligidagi delegasiya a`zolarining migrasiya masalalari bo`yicha mamlakatlar o`rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo`yicha Avstriya poytaxti Vena shahrida tashkil etilgan "Praga jarayoni"ga tashrifi doirasida turli darajadagi uchrashuvlar davom etmoqda.

Tashrif doirasida O`zbekiston Respublikasining Avstriya Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi A.Fayzullaev ishtirokida Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining odam savdosiga qarshi kurashish bo`yicha maxsus vakili va koordinatori Valiant Richi bilan uchrashuv tashkil etilib, unda ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

    Boshqa yangiliklar