14 may kuni soat taxminan 17:50da Toshkent viloyati Parkent tumani “Changi” kishlog`ida qisqa muddatli kuchli yomg`ir yog`ishi natijasida sel oqimi hosil bo`lib, soylarda sel suvlarini to`lib oqishi, ichki ariqlar quvurlariga shox-shabba va tog` jinslarini tiqilib qolishi oqibatida ichki ko`chalarga va aholi tomorqalariga sel suvlarini toshishi holatlari kuzatildi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.
Ayni vaqtda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish maqsadida, Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshshqarmasi rahbariyati, qutqaruv bo`linmalari, tuman yig`ma mexanizasilashtirilgan otryadi texnikalari, hamda FVDqTning tegishli xizmatlari kuch va vositalari tomonidan holat oqibatlari bartaraf etilmoqda, aholi xonadonlari, ichki ko`chalarda to`planayotgan suvlarni chiqarib tashlash ishlari olib borilmoqda.